Ispaniyaning Marca nashri muxlislari «Barselona» hujumchisi Lionel Messini 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldilar.
Madridda chop etiladigan nashr tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari barchani hayron qoldirdi, chunki bu yerda «Real» muxlislari an’anaviy tarzda ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Messi uchun 56% muxlis ovoz berdi. O‘tgan yilgi shaxsiy sovrinlarning deyarli barchasini qo‘lga kiritgan Krishtianu Ronaldu 25% ovoz to‘pladi.
Uchinchi o‘rinni «Real»ning yana bir futbolchisi Isko, to‘rtinchi o‘rinni «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Britaniyaning Guardian nashri ham «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibini emas, balki Messini yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilgan edi.
2016/17 mavsumida Messi La Ligada 37ta gol urib, to‘rtinchi marta Yevropaning eng yaxshi to‘purariga topshiriladigan «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoasi bilan Ispaniya Kubogida g‘alaba qozondi. 2017 yilda argentinalik umumiy hisobda 54ta gol urdi va 19ta golga hammualliflik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi