06:00 / 03.01.2018
5 832

O‘zbekistonlik futbolchilar «Real Madrid»ga tavsiya etiladi

O‘zbekistonlik futbolchilar «Real Madrid»ga tavsiya etiladi
O‘zbekistonlik iqtidorli futbolchilar endi Yevropaning eng kuchli klublariga tavsiya etiladi. Ular orasida «Real», «Lion», «Anderlext», «Standard» klublari bor. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Rasmiy manbada aytilishicha, Belgiya futbol federatsiyasida texnik bo‘lim boshlig‘i Kris van Puyvelde hamda «Anderlext» futbol klubining Skautlar bo‘limi boshlig‘i Bekir Tedek yanvar oyining o‘rtalarida yurtimizga tashrif buyuradi.

Bu ikki mutaxassis ko‘p yillar davomida birgalikda bolalar futboli bo‘yicha faoliyat yuritishadi.Ularda futbolni rivojlantirish bo‘yicha aniq dasturlar bor. Mana shu dasturlar asosida ushbu mutaxassislar yurtimizdagi iqtidorli yosh futbolchilarni saralab, ularning futbolchi sifatida o‘sishlariga ko‘mak berishadi. Keyinchalik ana shu iqtidorli futbolchilar Van Puyvelde va Bekir Tedek tomonidan Yevropaning kuchli klublari, jumladan, «Real» Madrid, «Lion», «Anderlext», «Standard» kabi jamoalariga tavsiya qilib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik futbolchilar «Real Madrid»ga tavsiya etiladi