11:04 / 04.01.2018
5 098

Superliganing har bir o‘yinida konsert qo‘yish, aksiya o‘tkazish va sovg‘alar tarqatish rejalashtirilmoqda

Superliganing har bir o‘yinida konsert qo‘yish, aksiya o‘tkazish va sovg‘alar tarqatish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsumda O‘zbekiston Chempionati bahslarida muxlislar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga qaytarish, klublar muxlislari madaniyati hamda imijini oshirish uchun bir qator yangi loyihalar ishlab chiqdi. Bu haqda O‘zFPL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ayni damda, Superliga hamda Pro-Liga uchrashuvlariga muxlislar tashrifi kamayib bormoqda. Buning sababi sifatida, stadionlarda muxlislar uchun qulayliklar hamda sharoitlar yo‘qligini ko‘rsatish mumkin. Klublar hamda stadionlar rahbariyati bu borada yangi mavsumdan boshlab yangi talablar asosida faoliyat olib borishi e’lon qilindi.

Ta’kidlash lozim, bu kabi muammo nafaqat klub yoki stadion, balki O‘zPFL uchun ham salbiy omil hisoblanadi. Shu boisdan ham, O‘zPFL rahbariyati muxlislarni yana stadionlarga qaytarish, ularning madaniyati oshirish, klublar qoshidagi muxlislar klublari faoliyatini yanada yaxshilash hamda ularga qulayliklar yaratish maqsadida bir qator mutaxassislarni ishga jalb etdi. Ayni damda mutaxassislar bu kabi salbiy muammolarni bartaraf etish uchun bir nechta loyiha va tadbirlarni ishlab chiqishdi. Ushbu loyihalar rejaga ko‘ra yangi mavsumda bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Dastlabki bosqich:
Uchrashuvlardan oldin anonslar tayyorlash va uni keng ravishda yoritish. Bu orqali, birinchi navbatda, muxlislarning uchrashuv haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin. Shuningdek, klub rasmiy sayti yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar o‘rtasida turli promo-aksiyalar, viktorinalar va lotoreyalar tashkil etish va g‘oliblarga uchrashuvga chiptalar taqdim etishni tashkil qilish.

Muxlislar uchun qulayliklar

Klub hamda stadion rahbariyati muxlislarning stadionlarga tashrifi uchun alohida dasturlar ishlab chiqishi rejalashtirilgan.

1. Muxlislar uchun alohida yo‘laklar tashkil qilish va ularga yo‘l ko‘rsatuvchi maxsus belgi hamda ishoralardan foydalanish.

2. Klub muxlislar klubi uchun alohida sektor tashkil etish.

3. Uchrashuv davomida muxlislar uchun stadion xududida barcha turdagi yegulik hamda ichimliklar savdosini tashkil etish

4. Uchrashuvlardan oldin muxlislarga klub atributikalarini, ma’lum miqdordagi futbol to‘plari, sharflar tarqatish

5. Oilaviy sektorlar tashkil etish.

Uchrashuvlardan oldingi tashkiliy ishlar
1. Klub rahbariyati har bir uchrashuv oldidan muxlislar uchun turli madaniy tadbirlarni tashkil etishi. Konsert dasturlari, aksiyalar, sovg‘alar tarqatish.

2. Stadion xududida o‘yin boshlanishidan avval qiziqarli tadbirlar uyushtirish va unda kelganlar ishtirokini futbol uchrashuviga xarid qilingan chiptasi asosida bepul amalga oshirish orqali muhlislar sonini yanada ko‘paytirish.

Ushbu loyihalar hamda dasturlar O‘zPFL rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliganing har bir o‘yinida konsert qo‘yish, aksiya o‘tkazish va sovg‘alar tarqatish rejalashtirilmoqda