21:30 / 06.01.2018
6 392

Otabek Shukurov “Sharja”dagi ilk o‘yinidayoq assistentlik qildi yoxud darvozabonning sharmandali goli (Foto va video)

Otabek Shukurov “Sharja”dagi ilk o‘yinidayoq assistentlik qildi yoxud darvozabonning sharmandali goli (Foto va video)
Toshkentning “Bunyodkor” klubi futbolchisi Otabek Shukurov faoliyatini BAAda davom ettirishi borasida xabar berib o‘tgandik.

Erkin agent maqomidagi hamyurtimiz “Sharja” bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagandi.

Kuni kecha Otabek Shukurov jamoasi “Dibba”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Ushbu bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblangan Otabek ham ishtirok etdi. Unda “Sharja” 2:1 hisobida zafar quchdi. Jamoaning ikkinchi goliga Otabek Shukurov assistentlik qildi. O‘z navbatida, “Dibba” darvozaboni dastlabki golni sharmandali tarzda o‘tkazib yuborganini ham e’tirof etib o‘tish o‘rinli.

Quyida ushbu o‘yindan olingan foto va videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Videoni quyidagi link orqali ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Shukurov “Sharja”dagi ilk o‘yinidayoq assistentlik qildi yoxud darvozabonning sharmandali goli (Foto va video)