21:30 / 16.01.2018
5 453

OChL-2018. "Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

ОЧЛ-2018. "Ал-Гарафа" - "Пахтакор" учрашуви бошланиш вақти маълум бўлди
"Paxtakor" jamoasining 30 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Dohadagi "Tani Bin Jassim" stadionida o‘tadigan "Al-Garafa" - "Paxtakor" bellashuvi Toshkent vaqti bilan 30 yanvar kuni 22:00da boshlanadi (mahalliy vaqtda 20:00).

Raqib safida ba’zi o‘zgarishlar kuzatilgani e’tiborga molik. Jumladan, bosh murabbiy etib turkiyalik Byulent Uyg‘un tayinlandi. Gollandiyalik yarim himoyachi Uesli Sneyder va eronlik hujumchi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzolandi.

Sneyder yangi jamoasi tarkibida debyut qilishga ulgurdi. "Garafa" "Al-Ahli"dan 2:1 hisobida ustun keldi.

"Paxtakor"ning bo‘lajak raqibi OChL uchrashuviga qadar Qatar chempionatida ikki o‘yin o‘tkazadi. 20 yanvar kuni safarda "Umm-Salal", 25 yanvar kuni uyda "Al-Sadd"ga qarshi maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL-2018. "Al-Garafa" - "Paxtakor" uchrashuvi boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi