17:02 / 17.01.2018
4 669

O‘FF prezidenti belgiyalik mutaxassis bilan uchrashdi

O‘FF prezidenti belgiyalik mutaxassis bilan uchrashdi
Belgiya futbol federatsiyasida Texnik bo‘lim boshlig‘i Kris van Puyvelde hamda hamda "Anderlext" futbol klubining Skautlar bo‘limi boshlig‘i Bekir Tedek yanvar oyida yurtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Kris van Puyvelde o‘z yordamchilari Bekir Tedek va O‘zkilich Kemal bilan birgalikda O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, O‘FF va Belgiya Futbol Federatsiyasi o‘rtasidagi bolalar-o‘smirlar hamda ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat olib bordi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chohida O‘zbekistonda bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirishning yangi modeli, rivojlantirish loyihasining 4 ta mintaqaga bo‘lib, ularga alohida xorijlik texnik direktorlarni jalb qilish, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbolning rivojlanishini monitoring qiladigan va buning uchun javob beradigan Texnik direktor tayinlash, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo‘yicha Belgiya taraqqiyot modelini va tajribasini O‘zbekistonda tadbiq qilish, yurtimizdagi musobaqalar va futbol tadbirlarida skauting, ya’ni seleksiya ishlarini takomillashtirishda Belgiya va Yevropa mamlakatlari tizimini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistondagi iqtidorli va iste’dodli yosh futbolchilarni tanlab olib, Belgiya va Yevropa mamlakatlarining katta futbol akademiyalari hamda professional jamoalariga yuborish masalalari xususida so‘z bordi.

Belgiyalik mutaxassis 19 yanvarga qadar yurtimizda bo‘lib, bolalar futbolini rivojlantirish, murabbiylar tayyorlash, seleksiya bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishadi.

Shuningdek, Kris van Puyvelde "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" stadionlariga tashrif buyurib, bu yerdagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF prezidenti belgiyalik mutaxassis bilan uchrashdi