21:07 / 18.01.2018
5 493

Ravshan Haydarov: "Eng kuchli sakkiz terma jamoa hamon shu yerda"

Равшан Ҳайдаров: "Энг кучли саккиз терма жамоа ҳамон шу ерда"
Xabaringiz bor ertaga Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining chorak finalida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Terma jamoamiz ustozi ushbu muhim bahs oldidan OFK rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu bahs boshqacha bo‘ladi. Chunki, OFKning rasmiy va o‘rtoqlik maqomidagi uchrashuvlarida katta farq bor.

Biz avvalambor ruhiy o‘zgarishga katta e’tibor qaratdik. Chunki, bu musobaqada faqat eng yaxshi jamoalargina ishtirok etishadi. Yaponiya ham o‘zgarmaganiga aminman.

Biz tayyorgarlik doirasida raqib jamoa o‘yinini chuqur tahlil qildik va shu bilan birga ba’zi ichki jihatlarga o‘zgartirishlar kiritdi.

Biz joylashgan guruh chindanam qiyin guruh edi. Hozir esa hammasi boshqacha. Eng kuchli sakkiz terma jamoa hamon shu yerda. Ular uchun har bir o‘yin finaldek o‘tadi.

O‘z navbatida biz ham Yaponiyaga qarshi o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biridir”, - deydi Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Uchrashuv Sport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Eng kuchli sakkiz terma jamoa hamon shu yerda"