12:03 / 19.01.2018
9 117

U-23 Osiyo chempionati chorak final. Yaponiya – O‘zbekiston tarkibi e’lon qilindi

U-23 Osiyo chempionati chorak final. Yaponiya – O‘zbekiston tarkibi e’lon qilindi
Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan U-23 terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati pley-off bosqich o‘yinlari ham start olmoqda. Bugun ushbu bosqichda Yaponiya – O‘zbekiston qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.

Yaponiya musobaqaning "B" guruhida barcha uch uchrashuvda g‘alaba qozonib, o‘z guruhida peshqadam sifatida chorak finalga yo‘l olgan bo‘lsa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "A" guruhida Qatar olimpiya terma jamoasida so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Yaponiya terma jamoasi musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Yaponiya yoshlari avvalgi Osiyo chempionatida Janubiy Koreyani final uchrashuvida 3:2 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edilar. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa, avvalgi ikki Osiyo chempionatida guruh bosqichidan o‘ta olishmagan. Bu safargi Osiyo chempionati chorak finali O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun ilk chorak final uchrashuvi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hamda Yaponiya olimpiya terma jamoalari avvalroq, Tailanddagi xalqaro o‘rtoqlik turniri finalida maydonga tushishgan va unda O‘zbekiston olimpiya termasi penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu bellashuv soat 13:00da start oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionati chorak final. Yaponiya – O‘zbekiston tarkibi e’lon qilindi