18:10 / 21.01.2018
4 907

Umid Ahmadjonov Madridda Xorxe Valdano bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Madridda Xorxe Valdano bilan uchrashdi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo‘nab ketgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun, 21 yanvar kuni Madridda Umid Ahmadjonov argentinalik sobiq futbolchi, 1986 yilgi Jahon chempionati g‘olibi Xorxe Valdano bilan uchrashdi.

Xorxe Valdano o‘z vaqtida “Valensiya”, “Real” Madrid kabi klublarda murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, bir muddat “Real” Madrid futbol klubi bosh direktori sifatida ham ish olib borgan.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov Xorxe Valdano bilan O‘zbekistonda malakali futbol murabbiylarini tayyorlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish, bolalar va o‘smirlar futbol murabbiylarining saviyasini oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov "Real Madrid" futbol klubi rahbariyati tomonidan "Real Madrid"- "Deportivo" uchrashuvini bevosita "Santyago Bernabeu" stadionidagi prezident lojasidan tomosha qilishga taklif etilgan bo‘lib, uchrashuvdan so‘ng “Qirollik klubi” rahbariyati bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Madridda Xorxe Valdano bilan uchrashdi