10:32 / 22.01.2018
4 158

«Lion» so‘nggi soniyalardagi gol evaziga «PSJ»ni mag‘lub etdi

«Lion» so‘nggi soniyalardagi gol evaziga «PSJ»ni mag‘lub etdi
Fransiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Lion» – «PSJ» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘yin debyutida mezbonlar jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Ushbu standart vaziyatdan Nabil Fekir mukammal tarzda foydalandi va kuchli zarba bilan darvozaning to‘qqizlik burchagini aniq nishonga oldi.

Shundan so‘ng o‘yin keckin kurashlarga boyib ketdi va ikki jamoada ham bir qator qulay vaziyatlar bo‘ldi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda parijliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Dani Alves uzatib bergan to‘pni Kurzava kuchli zarba bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

57-daqiqada Dani Alves maydon markazidagi qo‘pol harakati uchun hakam tomonidan ogohlantirildi, bu vaziyatda braziliyalik futbolchi hakam keskin e’tiroz bildirdi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi.

Shundan so‘ng, o‘yin tizgini mezbonlar qo‘liga o‘tdi, biroq parijliklar ham xavfli hujumlar uyushtirib turdilar.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Memfis Depay ajoyib zarba bilan Ariolani dog‘da qoldirdi va jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi

Fransiya chempionati, 22-tur

Lion – PSJ 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
1:0 – 2 Fekir, 1:1 – 45+4 Kurzava, 2:1 – 90+3 Depay.

Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Mendi, Rafael, Morel, Auar (Depay, 69), Tuzar, Fekir, Ndombele, Korne, Dias (Traore, 77).

PSJ – Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Tiago Silva, Verratti (Pastore, 87), Lo Chelso, Rabo, Di Mariya (Mene, 61), Mbappe (Draksler, 36), Kavani.

Ogohlantirishlar: Lo Chelso (53), Mendi (60), Verratti (77), Kavani (80).
Chetlatish: Dani Alves (57).

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lion» so‘nggi soniyalardagi gol evaziga «PSJ»ni mag‘lub etdi