23:04 / 22.01.2018
5 910

Sardor Rashidovning «Al-Jazira»dan hafsalasi pir bo‘ldi, u jamoani tark etadi

Sardor Rashidovning «Al-Jazira»dan hafsalasi pir bo‘ldi, u jamoani tark etadi
Sardor Rashidovga Saudiya va Qatar klublari xaridor. O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov «Al-Jazira»dan ketishga qaror qilgan, ko‘rinadi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hamyurtimiz Saudiya Arabistoni va Qatar klublaridan takliflar olgan. U Qatar Yulduzlar Ligasidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin BAA chempionatiga ko‘chib o‘tgandi.

Darvoqe, avvaliga Osiyoning 2016 yilgi eng yaxshi futbolchisi - Umar Abdulrahmon hamyurtimizni «Al-Ayn» safiga chorlagandi. Biroq futbolchining o‘zi «Al-Jazira»ni tanladi. Ammo Rashidov Klublar o‘rtasidagi JChda loaqal bir marta maydonga tushirilmadi.

Umuman, unga hamon «Al-Jazira»ning asosiy tarkibida joy berilmayapti. «Bunyodkor»ning sobiq vakiliga aynan qaysi klublar qiziqayotgani xususida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, «Al-Jazira» bilan shartnomasini qay tarzda bekor qilishi masalasi ham ochiq.

Manba: www.iff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidovning «Al-Jazira»dan hafsalasi pir bo‘ldi, u jamoani tark etadi