Ayni paytda Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun «Real Madrid» klubi akademiyasi direktori Xulio Ronko bilan uchrashdi.
O‘FF xabarida aytilishicha, uchrashuv davomida erishilgan kelishuvga asosan «Qirollik klubi»ning «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi asosida O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladigan bo‘ldi.
Undan tashqari «Real Madrid»da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Shuningdek, yurtimizdagi iste’dodli bolalarni «Real» Madridga olib borish, «Qirollik klubi» tomonidan tashqil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
«Real Madrid» Akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat «Real Madrid Foundation Clinic» dasturi asosida ish olib bormoqda.
Endilikda ushbu dastur asosida «Real Madrid» metodologiyasini o‘zbekistondagi futbol klublarida ham qo‘llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi