10:15 / 23.01.2018
4 785

Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan bizda kichik jarohatlar bor, futbolchilar charchagan"

Жанубий Корея бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан бизда кичик жароҳатлар бор, футболчилар чарчаган"
Xabaringiz bor, ertaga Xitoyda U-23 Osiyo chempionatida yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘zaro kuch sinashadi.

Bugun mazkur bellashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Kim Bong Gil quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Yarim finalga qadar yetib kelganimiz uchun shogirdlarimdan minnatdorman. O‘zbekiston bir maromda to‘p tepa oladigan, hujum va himoyada juda yaxshi o‘ynaydigan jamoa ekanligini ko‘rdim.

Bizda kichik jarohatlar bor, futbolchilar charchagan. Ammo qo‘limizdan kelganicha harakat qilib, o‘z uslubimizni namoyish qilamiz. Raqibga qaraganda bir kun kam dam oldik, bu esa yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Lekin yutqazib qo‘ysak bu bahona bo‘lmaydi. Kamchiliklarimiz bor va o‘yindan o‘yinga ularni bartaraf etishga intilyapmiz.

Bizda faqat kichik jarohatlar bor. Shuning uchun boshlang‘ich ro‘yxatni tekshirib chiqamiz va bo‘lajak bellashuvga tayyorlanamiz.

Terma jamoamiz hamma uchrashuvlarni mana shu stadionda o‘tkazdi. Bu esa ularda ko‘nikma hosil qilgan, balki bu ham ustunlik berishi mumkin. Biroq biz ham boshqalar bilan bir xil sharoitdamiz. Chunki barcha jamoalar Xitoyda o‘ynayapti, - deydi Kim Bong Gil.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan bizda kichik jarohatlar bor, futbolchilar charchagan"