17:20 / 23.01.2018
5 901

Endi o‘zbekistonlik yosh futbolchilar Fransiya jamoalarida o‘ynaydi

Endi o‘zbekistonlik yosh futbolchilar Fransiya jamoalarida o‘ynaydi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi-O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib, bir qator mutasaddilar va mutaxassislar bilan uchrashgani haqida avval xabar berib o‘tgan edik.

Bugun, 23 yanvar kuni Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi mutassaddilari – Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti mahkamasi boshlig‘i Janob Kenni Jan Mari, Tashqi aloqalar va institutlararo aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Emili Doms va Fransiya futbol federatsiyasi Texnik direktori Filip Montaner bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bolalar futboli bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, yosh futbolchilarni Fransiya jamoalariga jalb qilish, Superligada ishtirok etadigan jamoalarning saviyasini oshirish, ularning ish faoliyatini Yevropa andozalari asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida klublar bosh direktorlari va akademiyalar rahbarlarini Parijga malaka oshirish va tajriba o‘rganishga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, shu yilning aprel-may oylarida Fransiya futbol federatsiyasi, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi va Fransiya Sport vazirligi mutaxassislaridan tashkil topgan delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Ular Superliga klublarining marketing bo‘yicha mutaxassislari ishtirokidagi seminarlarida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, klublarimizning marketing bo‘yicha faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam berishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi o‘zbekistonlik yosh futbolchilar Fransiya jamoalarida o‘ynaydi