06:30 / 28.01.2018
5 326

O‘zbekistonlik biznesmen AIBA prezidenti etib tayinlandi

O‘zbekistonlik biznesmen AIBA prezidenti etib tayinlandi
Kecha BAAning Dubay shahrida Xalqaro boks federatsiyasi AIBAning navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda AIBAning vaqtinchalik prezidenti vazifasini bajarib kelayotgan Franko Falchinelli o‘rniga o‘zbekistonlik biznesmen G‘ofur Rahimov yangi vaqtinchalik prezident etib saylandi. Bungacha u vitse-prezident sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tashkilotga prezidentlik saylovlari joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kongressda AQSh, Rossiya, Fransiya, Xitoy, Braziliya, Janubiy Afrika, Kuba singari davlatlar bilan birga dunyoning 109 milliy federatsiyalari vakillari ishtirok etgan.

– Biz milliy federatsiyalar va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi o‘rtasidagi aloqalarni tiklashimiz shart. Ularning AIBA moliyaviy boshqaruvi va uning yaxlitligiga bo‘lgan ishonchni qaytarish kerak, – deydi u. – O‘tgan yilgi kabi AIBA Ijroiya qo‘mitasi va UF dan yashirin bo‘lmagan hamda kunduzi amalga oshirilgan mustaqil auditlar bilan birga, AIBAning yuqori shaffofligi va korporativ boshqaruvni oshirishni anglatadi.

– Birlashish vaqti keldi, – deydi vaqtinchalik prezident kongressga tashrif buyurgan 250 nafar ishtirokiga qilgan murojaatida. – Bizning eng katta vazifamiz dunyo bo‘ylab boksni sevadigan va undan ilhom oladigan millionlab muxlislarni qaytarish.

Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov 2010 yildan beri Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uning nomzodi Rossiya Federatsiyasi tomonidan ko‘rsatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik biznesmen AIBA prezidenti etib tayinlandi