09:26 / 28.01.2018
5 220

Rustam Ashurmatov: “Prezidentimizning tabriklari o‘qib eshittirilganda ko‘zlarimiz yoshga to‘ldi”

Rustam Ashurmatov: “Prezidentimizning tabriklari o‘qib eshittirilganda ko‘zlarimiz yoshga to‘ldi”
Kecha O‘zbekiston olimpiya (U-23) terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibiga aylangan edi.

Futbolchilarimizning chiroyli va shu bilan birga tarixiy g‘alabasidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olimpiya terma jamoamiz a’zolarini g‘alaba bilan qutlab, tabrik yo‘llagandi.

Final uchrashuvidagi ilk gol muallifi Rustam Ashurmatov biz bilan bo‘lgan suhbatda bu mavzuga alohida to‘xtaldi.

“Muhtaram Yurtboshimizning bizga yo‘llagan tabriklari o‘qib eshittirilganida, beixtiyor barchamizning ko‘zimizdan yosh chiqib ketdi. Bu bizga berilgan e’tiborning eng yuksak namunasi edi.

G‘alabamizni Prezidentimiz va xalqimizga bag‘ishlaymiz. Ularga munosib farzand bo‘lishga va’da beramiz! Hali bunday g‘alabalarimiz bilan ko‘p yillar yurtdoshlarimizni xushnud etishga harakat qilamiz”, - dedi Ashurmatov.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston olimpiya (U-23) terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilani soat 23:50da Xitoyning Urumchi shahri orqali poytaxtimizga qaytib keladi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rustam Ashurmatov: “Prezidentimizning tabriklari o‘qib eshittirilganda ko‘zlarimiz yoshga to‘ldi”