22:00 / 28.01.2018
3 955

«Paxtakor» portugaliyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

«Paxtakor» portugaliyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Shotlandiyaning «Harts» klubi portugaliyalik hujumchisi Ismoil Gonsalvesh «Paxtakor» futbolchisiga aylandi. Bu haqda toshkentliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarda qayd etilishicha, «Paxtakor» hujumchi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

26 yoshli hujumchi Portugaliyaning «Boavishta» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Faoliyati davomida «Nitssa» (Fransiya), «Sent-Mirren» (Shotlandiya), «APOEL» (Kipr), «Veria» (Gretsiya), «Anortosis» (Kipr), «Al-Ittifoq» (Saudiya Arabistoni) va «Harts» (Shotlandiya) klublari safida o‘ynagan. Ushbu jamoalar safida u faqat yuqori divizionda ishtirok etgan. 186 uchrashuvda 54 gol muallifiga aylangan.

2013 yil «Sent-Mirren» bilan Shotlandiya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. O‘sha yilning o‘zida APOEL bilan Kipr Superkubogi sohibiga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» portugaliyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi