09:30 / 30.01.2018
5 696

O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiya Arabistoni bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiya Arabistoni bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, butun o‘zbek xalqiga haqiqiy bayram tuhfa etgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining oldida yana bir jiddiy vazifa turibdi.

Shu yilning avgust oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida aynan Xitoyda chempionlikka erishgan futbolchilar ishtirok etishadi. Bo‘lg‘usi musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi kuchli jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Jumladan, shu yilning mart oyida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan O‘zbekistonda ikkita o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xabaringiz bo‘lsa, O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘onaga uyushtirgan safari chog‘ida vodiyda xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish va bu yerdagi futbol muxlislari uchun haqiqiy bayram tashkil etish bo‘yicha va’da berib o‘tgandi.

Ana shu va’daga muvofiq, Saudiya Arabistoniga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini 21 mart kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Oradan 4 kun o‘tib 25 mart kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Andijonda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘rtoqlik o‘yinlari vodiydagi futbol muxlislari uchun Navro‘z bayramiga haqiqiy tuhfa bo‘lishi aniq.

Mazkur o‘yinlar orqali Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik olib boradi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ vodiyda Saudiya Arabistoni bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi