20:59 / 31.01.2018
4 988

Indian Open: Yetti bokschimiz finalda!

Indian Open: Yetti bokschimiz finalda!
Hindistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Indian Open” xalqaro turnirida dunyoning 22 davlatdan kelgan bokschilar o‘nta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.

E’tiborlisi shundaki, Kuba, Qozog‘izton, Hindiston va Filippin kabi boks sport turi rivojlangan mamlakatlardan kelgan bokschilar bilan birga musobaqada hamyurtlarimiz ham munosib ishtirok etmoqda.

Bugun, nufuzli turnirning yarim final janglarida O‘zbekiston terma jamoasining yetti nafar bokschisi final yo‘lanmasini qo‘lga kiritdi.

Yarim finalning 52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Xudoynazar Fayzov filippinlik Marvin Tabamoga qarshi bahslashdi. Barchamizga ma’lumki Filippinda mazkur sport turi jadal rivojlangan bo‘lib, ushbu mamlakatdan bir qator kuchli bokschilar yetishib chiqqan. Xudoynazar va Marvin o‘rtasidagi jang keskin va murosasiz tarzda o‘tdi. Unda o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari hech kimdan kam emas va kam bo‘lmasliklarini iste’dodli bokschimiz isbotlab, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Yarim finalning 56 kilogramm vaznida bellashgan Abdulhay Shorahmatov hindistonlik Etash Xanga qarshi o‘tgan bahsda zafar quchgan bo‘lsa, 64 kilogrammda Iqboljon Xoldorov ham mezbon bokschisi Dirajni dodini berdi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Bobo-Usmon Boturov va Sing Negi (Hindiston), Isroil Madrimov va Mandip Jangra (Hindiston), Sanjar Tursunov va Sumit Sangvan (Hindiston) o‘rtasidagi raqobatlarda hamyurtlarimiz g‘alaba qozondi.

Avval, Boks bo‘yicha “Uzbek tigers” jamoasi WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada guruh bosqichida 9-10 fevral kunlari safarda, 27 fevral kuni esa Termiz shahrida kubalik bokschilarga qarshi jang o‘tkazishlari haqida xabar bergan edik.

Ushbu janglar oldidan vazni +91 kg bo‘lgan Bahodir Jalolov kubalik Toyrak Ortegaga qarshi “Indian Open” xalqaro turnirida bahslashdi. Bahodir uchun mazkur bellashuv WSB musobaqasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Bellashuvda Bahodirning kuchli zarbalariga dosh bera olmagan Toyrak mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, “Indian Open” xalqaro turnirida ertaga o‘tkaziladigan o‘nta final janglarining yettitasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga ko‘tariladi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Indian Open: Yetti bokschimiz finalda!