20:04 / 01.02.2018
6 207

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti o‘zgardi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti o‘zgardi
2018 yil 1 fevral kuni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasida tashkilot prezidenti A.J.Ramatov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda 2018 yil 25 yanvar sanasida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari Konferensiyada bayon qilingan masalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi, deya ma’lum qiladi O‘FA matbuot xizmati. Konferensiyada O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan Sherzod Toshmatov sportning boshqa sohasida o‘ta bandligi, unga ishonilgan yangi joyda ishlashi uchun vaqt yetishmasligi tufayli o‘z arizasiga binoan O‘FA vitse-prezidenti lavozimidan ketdi.

Uning o‘rniga O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi Sagdullayev Fazlitdin Fatxullayevich tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti o‘zgardi