21:38 / 03.02.2018
4 595

Mirjalol Qosimov: «Bunyodkor»da moliyaviy muammolar bor»

Mirjalol Qosimov: «Bunyodkor»da moliyaviy muammolar bor»
Bugun xabar berganimizdek, Superliga-2018 bahslariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.

Marosimdan so‘ng «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Xabar.uz» muxbiriga intervyu berdi.

«Jamoalarning barchasiga omad tilayman. Bu yilgi chempionatni AGMK jamoasiga qarshi o‘z maydonimizda boshlaymiz. Ikkinchi turda esa «Paxtakor»ga to‘qnash kelamiz. Shu bois bu o‘yinlarga jiddiy hozirlik ko‘ryapmiz. O‘ylaymanki, musobaqa qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ladi.

Bu mavsumda atigi bitta o‘yinchi sotib oldik. Chunki oldin ham aytganman, «Bunyodkor»da o‘ziga yarasha moliyaviy muammolar bor. Cho‘ntakka qarab ish ko‘rishga majburmiz.

Asosan o‘zimizning mahalliy futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratamiz, ularga tayanamiz», — dedi Mirjalol Qosimov.

Eslatib o‘tamiz, «Bunyodkor» ushbu mavsumda atigi bitta legionerni o‘z safiga jalb qildi — o‘tgan yilgi mavsumni «Qo‘qon-2012» safida o‘tkazgan serbiyalik Filip Rayevats «qaldirg‘ochlar» safiga kelib qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: «Bunyodkor»da moliyaviy muammolar bor»