06:13 / 04.02.2018
4 758

Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev yangi reytingda keskin yuqoriladi

Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev yangi reytingda keskin yuqoriladi
Avval xabar berganimizdek, 12-yanvar kuni Nyu-York shahrida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) o‘zining co‘nggi jangini amerikalik Soni Fredriksonga (19-1-0, KO12) qarshi o‘tkazib, raqibini nokautga uchratgan edi.

Mazkur jangdagi g‘alabasidan so‘ng Shohjahon Ergashev Jahon boks uyuushmasi (WBA)ning yengil vazn toifasidagi reytingida yuqorilab, 12 o‘ringa chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon bunday yuqorilashiga uning yanvar oyidagi reytingda 8-o‘rinda borayotgan Sonni Fredriksson ustidan qozonilgan g‘alabasi sabab bo‘ldi. Oldinroq sportchining o‘zi taxminan 5-8 o‘rinlarga ko‘tarilishini ko‘tayotgani haqida gapirib o‘tgandi.

WBA barcha vazn toifalarida faqat kuchli 15talik sportchilar reytingini e’lon qilib boradi va endilikda ushbu yo‘nalishda TOP-15likka kirgan o‘zbekistonlik bokschilar soni ikki nafarga yetgan. Bungacha yarim o‘rta (66,68 kg.gacha) vazn toifdasida ringga ko‘tarilayotgan yo‘nalishning kumush kamari egasi bo‘lgan Qudratillo Abduqahhorovgina bu reytingda bor edi. Yanvarda reytingda 5-o‘rinda bo‘lgan Abduqahhorov bu safar bir o‘rin pastlab 6-o‘ringa tushgan. Biroq u hamon chempionlikka da’vogarlik jangini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lib turibdi. Oldinroq, Abduqahhorov filippinlik Menni Pakyao bilan (reytingda 2-o‘ringa ko‘tarildi) ringga chiqishi mumkinligi aytilgandi.

Ergashevdan farqli ravishda Abduqahhorov WBC reytingida 5-pog‘onada, IBF yo‘nalishi reytingida esa 8-o‘rinda bormoqda va da’vogarlik jangida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib turibdi. Ergashev esa WBC e’lon qilgan TOP-50lik, IBF e’lon qilgan TOP-15lik reytinglarda qayd etilmagan.

“Reytingda yuqorilaganimdan xursandman. Bu menga chempionlik uchun yana bir qadam bo‘ldi. Nasib qilsa bu reytingda birinchi bo‘lib turaman. Bu uchun biroz mehnat qilish kerak”, – deydi Shohjahon Sports.uz internet portaliga bergan xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev yangi reytingda keskin yuqoriladi