22:13 / 11.02.2018
4 750

Futzal. Eron yana Osiyo chempioni! (video)

Futzal. Eron yana Osiyo chempioni! (video)
Bugun, 11 fevral kuni futzal bo‘yicha Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionati musobaqasi yakuniga yetdi.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rin uchun kurashda Iroqni qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratgandi.

Musobaqa yarim finalida O‘zbekistonni 7:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan Eron terma jamoasi 15-marta o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 12-marta chempionlikni rasmiylashtirdi.

Eronliklar O‘zbekistonni guruh bosqichida mag‘lub etgan (2:4) Yaponiya darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi, lekin ikkinchi bo‘limda “Osiyo giganti” katta tajriba evaziga raqibini tor-mor etdi. Shu tariqa futzal bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati-2018 musobaqasi yakuniga yetdi.

Osiyo chempionati-2018.
Final.

Yaponiya - Eron 0:4.
Gollar:
Hassanzoda 19, 28, Tavakoli 21, Toyibi 39.

1-o‘rin. Eron
2-o‘rin. Yaponiya
3-o‘rin. O‘zbekiston
4-o‘rin. Iroq


Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. Eron yana Osiyo chempioni! (video)