12:39 / 19.02.2018
5 076

Jaloliddin Masharipov: "Bu yilgi maqsadimiz O‘zbekiston chempionati va Kubogida zafar quchish"

Жалолиддин Машарипов: "Бу йилги мақсадимиз Ўзбекистон чемпионати ва Кубогида зафар қучиш"
"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov BAA yig‘ini va joriy mavsumda oldiga qo‘ygan maqsadlari xususida gapirib o‘tdi, deya ma’lum qiladi klub matbuot xizmati.

- Mavsumga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Oldimizga O‘zbekiston chempionati chempionati va Kubogida zafar quchishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Barcha yigitlar qo‘lidan kelguncha harakat qilmoqda, tayyorgarlik juda yaxshi boryapti.

Hozir mavsumga 70 foiz atrofida tayyormiz. Qolgan 30 foizi esa o‘yinlar orqali keladi. Men 100 foiz kuchimni ishga solib, jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishga intilaman.

Joriy mavsumda o‘tgan yildagidan yaxshiroq natija ko‘rsatishga urinaman. 15tacha gol urib, golli to‘p oshirishlar borasida peshqadam bo‘lishga harakat qilaman. Oldimga shunday maqsad qo‘yganman
, - dedi yarim himoyachi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: "Bu yilgi maqsadimiz O‘zbekiston chempionati va Kubogida zafar quchish"