21:35 / 19.02.2018
4 541

Shavkat Mirziyoyev Umid Ahmadjonovga qanday topshiriq bergan edi?

Shavkat Mirziyoyev Umid Ahmadjonovga qanday topshiriq bergan edi?
O‘zbekiston futbol assosiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi o‘yinlari garchi o‘rtoqlik maqomida bo‘lsada, katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

“O‘rtoqlik o‘yinlari taktik tayyorgarlik, futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olish uchun kerak bo‘lgan jarayon.

Biroq bilamizki, oldinda O‘zbekiston milliy terma jamoasini Osiyo Kubogiga qadar rasmiy o‘yinlar kutmayapti. Shunday ekan, Senegal va Marokashga qarshi o‘yinlar nega kerak degan savollarga duch kelmoqdamiz.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev barcha sohada oldimizga faqat maksimum vazifalarni belgilab berganlar.

Aytaylik, shu kungacha federatsiya o‘rtoqlik o‘yinlariga jiddiy e’tibor qaratmagani, raqiblar tanlash masalasi islohotga muhtoj bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz.

Shundan kelib chiqib, qo‘l uchida o‘yin tashkil qilishni istamadik va Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan kuchli termalar bilan kelishuvga erishdik.

Asosiy maqsadimiz kimnidir sinovdan o‘tkazish yoki shunchaki maydonga chiqish emas, O‘zbekiston futbolining obro‘sini sekin-astalik bilan ko‘tarish.

FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining qay saviyadagi raqiblar bilan o‘ynashi, biz haqimizda xalqaro maydonda fikr shakllantiradi.

Demak, garchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, futbolchi va murabbiylardan o‘yinga borlarini berishni talab qilamiz.

Bellashuvga o‘tdi-ketdi qabilidagi qarashlar bo‘lmaydi, termaga nafaqat biz yoki qandaydir murabbiy, O‘zbekiston futbolidagi hamma birdek javobgar bo‘ladi”, — deb ta’kidladi Umid Ahmadjonov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Kasablanka shahrida Senegalga qarshi maydonga tushsa, 27 mart kuni yana shu shaharda Marokashga qarshi bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Timur Kapadze 30 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev Umid Ahmadjonovga qanday topshiriq bergan edi?