16:50 / 20.02.2018
5 248

Lotereya o‘yini sabab O‘zbekiston Superligasi o‘yinlari vaqti o‘zgartirildi

Lotereya o‘yini sabab O‘zbekiston Superligasi o‘yinlari vaqti o‘zgartirildi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga o‘yinlarini translyatsiya qiluvchi Sport telekanali talabi bilan shanba kuni 18:00da boshlanadigan o‘yin vaqtiga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, “juda ko‘plab yurtdoshlarimiz kuzatib boradigan” lotereya teleo‘yini har shanba, soat 19:30da efirga uzatilib kelinmoqda. Shu sabab, telekanal shanba kuni bo‘lib o‘tadigan futbol o‘yinlarining boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilash borasida O‘z PFLga taklif bilan chiqdi. Shanba dam olish kuni bo‘lib, bu futbol muxlislariga stadionga kelish uchun ortiqcha muammo tug‘dirmasligini va Sport TV efir dasturini inobatga olgan O‘zPFL 3 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilagan.

Ma’lumot uchun, Superliga doirasidagi tur o‘yinlari 6ta uchrashuvdan iborat bo‘lib, uch kun davomida ikkitadan o‘yin Sport telekanali orqali namoyishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lotereya o‘yini sabab O‘zbekiston Superligasi o‘yinlari vaqti o‘zgartirildi