10:15 / 21.02.2018
4 248

Tomosha qiling: “Bavariya” “Beshiktosh”ni ayab o‘tirmadi - 5:0 (video)

Томоша қилинг: "Бавария" "Бешиктош"ни аяб ўтирмади - 5:0 (видео)
Myunxenda Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida kechgan “Bavariya” – “Beshiktosh” uchrashuvi mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

16-daqiqada mehmonlar himoyachisi Vida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Uchrashuvdagi ilk birinchi bo‘lim yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida Myuller tomonidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Koman oradagi farqni oshirdi. Oradan 14-daqiqada o‘tib, Myuller dublga erishib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Levandovski ham 79- va 88-daqiqalarda o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ydi va hisobning 5:0 bo‘lishini ta’minladi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 14 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Bavariya Germaniya – Beshiktosh Turkiya 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar:
1:0 – 43 Myuller, 2:0 – 52 Koman, 3:0 – 66 Myuller, 4:0 – 79 Levandovski, 5:0 – 88 Levandovski.

Bavariya – Ulrayx, Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba, Xames (Robben, 44), Martines, Vidal (Tolisso, 83), Myuller, Levandovski, Koman (Riberi, 81).
Beshiktosh – Fabrisio, Adriano, Pepe, Vida, Erkin (Genyul, 69), Medel (Arslan, 85), Xatchinson, Kuarejma, Taliska, Babel, Vagner Lav (Toshich, 57).
Ogohlantirishlar: Kuarejma (33), Levandovski (38), Pepe (62).
Chetlatish: Vida (16).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tomosha qiling: “Bavariya” “Beshiktosh”ni ayab o‘tirmadi - 5:0 (video)