23:50 / 21.02.2018
4 759

Futboldan chetlatilganlarga panoh bergan “Bunyodkor” va “Navbahor” klubiga 500 mln. so‘mdan jarima qo‘yildi

Futboldan chetlatilganlarga panoh bergan “Bunyodkor” va “Navbahor” klubiga 500 mln. so‘mdan jarima qo‘yildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijro qo‘mitasi Byurosi qarori asosida “Navbahor-Lochinlari” futbol klubi futbolchisi Oybek Qilichev bir yil muddatga, “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Dilshod Ahmadaliyev esa butunlay futboldan chetlatilgandi.

Ammo shunga qaramay, bu futbolchilar o‘z klublari tarkibida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib yurgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijro qo‘mitasi Byurosi qarorlarini buzganligi uchun, Ijroqo‘m Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qaroriga ko‘ra, “Navbahor-Lochinlari” hamda “Bunyodkor” futbol klublarining har biriga 500 million so‘m miqdorida jarima solindi.

Agar bunday holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, bundan ham qattiq jazo qo‘llanishi qarorda belgilab qo‘yildi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futboldan chetlatilganlarga panoh bergan “Bunyodkor” va “Navbahor” klubiga 500 mln. so‘mdan jarima qo‘yildi