08:03 / 25.02.2018
4 784

Konor Makgregor yozda O‘zbekistonga kelishi mumkin

Konor Makgregor yozda O‘zbekistonga kelishi mumkin
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Sports.uz nashriga ma’lum bo‘lishicha, irlandiyalik sportchi may oyida Germaniya va BAAga oilaviy sayohat uyushtiradi. Shundan so‘ng Osiyoning yana bir qator davlatlarida muxlislar bilan uchrashuvlar tashkil qilishni rejalashtirgan. Ushbu davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamaridan mahrum qilinadi. Bu haqda tashkilot rahbari Dana Uayt ma’lum qilgan. Endi chempionlik kamari uchun Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson ringga chiqishadi. Jang aprelda bo‘ladi. Agar Konor qaytsa, chempionlik jangida ishtirok etadi.

Makgregor so‘nggi marta o‘tgan yilning avgust oyida boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan to‘qnashuvda amerikalik Floyd Meyvezer bilan kuch sinashib, 10-raundda nokautga uchragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregor yozda O‘zbekistonga kelishi mumkin