21:31 / 25.02.2018
4 097

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Chelsi” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Chelsi” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
Angliya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Chelsi” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.

“Old Trafford”da kechgan o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida mehmonlar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi, Villian o‘zi boshlagan tezkor hujumni chiroyli yakunladi va londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

39-daqiqada Romelu Lukaku o‘rtadagi muvozanatni tiklashga erishdi. 75-daqiqada esa Jessi Lingard Lukakuning uzatmasidan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, ushbu g‘alabadan so‘ng 59 ochko to‘plagan Joze Mourinyu shogirdlari “Chelsi” bilan o‘rtadagi farqni olti ochkoga yetkazdilar. Londonliklar ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng beshinchi o‘ringa tushib ketishdi.

Angliya chempionati, 28-tur
Manchester Yunayted – Chelsi 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 32 Villian, 1:1 – 39 Lukaku, 2:1 – 75 Lingard.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelyof, Valensiya, Maktomini, Yang, Pogba, Matich, Sanches (Bayi, 81), Marsyal (Lingard, 64), Lukaku.

Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Ryudiger, Mozes (Jiru, 78), Villian, Kante, Azar (Pedro, 73), Drinkuoter (Fabregas, 81), Alonso, Morata.

Ogohlantirishlar: Kante (30), Valensiya (68), Matich (85), Morata (88).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Chelsi” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi