10:01 / 26.02.2018
4 438

Neymar jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi (foto)

Neymar jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi (foto)
“PSJ” hujumchisi Neymar Fransiya chempionati 27-turi doirasida “Marsel”ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan tugagan o‘yinda ikkita golga assistentlik qildi. Lekin u o‘yin oxirida jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi raqib yarimhimoyachisi Buna Sarr bilan yakkakurashda oyog‘ini yerga noqulay qo‘yishi oqibatida jarohatlandi.

Natijada uni maydonda zambilda olib chiqib ketishdi. Bu vaqtda u ko‘zidan yoshlarini tiya olmadi. Parijliklar jamoasi barcha almashtirishlardan foydalanib bo‘lgandi va qolgan 10 daqiqalikni 10 kishi bo‘lib o‘tkazishdi.

Endilikda Neymar 6 mart Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalida “Real”ga qarshi kechadigan javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi (foto)