21:02 / 01.03.2018
4 412

Bektemir Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik bilan g‘alaba qozondi

Bektemir Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik bilan g‘alaba qozondi
WSB seriyasiga kiruvchi musobaqada ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi boks kechasining navbatdagi jangi bo‘lib o‘tdi.

-81 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev Diyego Motoaga qarshi ringga chiqdi.

Jang o‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va hakamlar bir ovozdan Bektemir Meliqo‘ziyevning g‘alabasi haqida e’lon qilishdi - 5:0.

Shu tariqa, “Uzbek Tigers” - “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi hisob 3:1 ko‘rinishini oldi va o‘zbekistonlik bokschilar muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev to‘la ustunlik bilan g‘alaba qozondi