00:18 / 03.03.2018
4 095

Ro‘ziqul Berdiyev: “Natija o‘yinga mos bo‘ldi, ammo meni qoniqtirmadi”

Рўзиқул Бердиев: "Натижа ўйинга мос бўлди, аммо мени қониқтирмади"
“Neftchi” – “Nasaf” bahsidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa himoyachisi Igor Golbanlar ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: “Birinchi o‘rinda futbol mavsumi bilan tabriklayman. Bahs ajoyib muhitda kechdi. “Istiqlol” stadionida avval ham mana shunday muhitda to‘p surganmiz. Men o‘sha o‘yinni esladim. O‘sha uchrashuvda Farg‘ona jamoasini mag‘lub etgandik. Afsuski, bugun g‘alabaga erisha olmadik. Natija o‘yinga mos bo‘ldi.

Xar ikkala jamoa ham faqat g‘alaba uchun to‘p surdi. Golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Biroq xech bir jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi. Ochig‘i, natija meni qoniqtirmadi. Farg‘onaga g‘alaba uchun kelgandik. Endi e’tiborimizni OCHLdagi bahslarga qaratamiz”

Igor Golban: “Farg‘ona ahlini futbol mavsumi bilan qutlab qolaman. Muxlislar bilan to‘lib toshgan stadionda to‘p surish meni ilhomlantirdi. O‘yinga keladigan bo‘lsak, belgilangan rejalarimiz to‘liq amalga oshmadi. G‘alaba qozonish uchun o‘zimizning ustimizda ko‘proq ishlashimiz kerak bo‘ladi. Keyingi o‘yinimiz OCHL doirasida kechadi. Ushbu bahsga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Natija o‘yinga mos bo‘ldi, ammo meni qoniqtirmadi”