09:05 / 05.03.2018
4 815

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev proffesional boksda ilk janglarini o‘tkazadi

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev proffesional boksda ilk janglarini o‘tkazadi
O‘zbekiston boks terma jamoasi safida Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan Shahram G‘iyosov hamda Murod Ahmadaliyev ayni vaqtda AQSHda bo‘lib turishibdi.

“Kun.uz” manbasi ma’lum qilishicha, bokschilar 3 mart kuni “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzishgan.

Ular 10 mart kuni Nyu-York shahrida “Kings theatre” arenasida ilk janglarini o‘tkazishadi.

Shahram G‘iyosovga debyut jangda argentinalik bokschi Nikolas Velaskes raqiblik qiladi, Murodjon Ahmadaliyev ham argentinalik David Pazaga qarshi ringga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev proffesional boksda ilk janglarini o‘tkazadi