23:16 / 08.03.2018
3 984

Superliga. “Qo‘qon-1912” 10 kishi qolgan “Qizilqum”dan ustun keldi

Superliga. “Qo‘qon-1912” 10 kishi qolgan “Qizilqum”dan ustun keldi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” hamda “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.
Navoiy shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida kechgan qarama-qarshilikda qo‘qonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida Murod Holmuhammedov penaltiini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan edi.
Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Suhrob Berdiyev o‘zining ajoyib zarbasi bilan hisobning 2:0 ko‘rinishga kelishiga sababchi bo‘ldi.

O‘zbekiston Superligasi. 2-tur
“Qizilqum” (Navoiy) - “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) 0:2
Gollar:
Holmuhammedov (79 penaltidan), Suhrob Berdiyev (88)

“Qizilqum”: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev (s), 8. Akmal Rustamov, 10. Alisher Sanoyev (18. Samandar Shodmonov 42), 11. Doniyor Usmonov, 14. Fayzulla Qambarov, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 44. Mirjalol Qosimov, 84. Nemanya Yovanovich.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (29. Igor Taran 79), 10. Javohir Sidiqov, 18. Bahodir Pardayev (17. Quvondiq Ro‘ziyev 65), 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Holmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov (95. Milan Spremo 83).
Ogohlantirishlar: Mirjalol Qosimov (16), Akmal Rustamov (77), Marko Milich (83).
Chetlatish: Mirjalol Qosimov (58)

Uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi ustozi No‘mon Hasanov va yetakchi o‘yinchilardan biri Javohir Sidiqovlar ishtirok etishdi.

No‘mon Hasanov: - Oldingi turda Buxoroda mag‘lubiyatga uchragan edik. O‘sha bahsda ham yomon o‘ynamadik. Lekin ikkinchi taymda gol o‘tkazib yubordik. Bu safar ham garchi safarda to‘p surgan bo‘lsak-da, g‘alaba qozona oldik. Bu hali hammasi emas. O‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz. G‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Ular bizni har doim qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda.

“Qizilqum” haqida gapiradigan bo‘lsam, yaxshi shakllangan jamoa. Tajribali futbolchilar bor “Qizilqum” safida. Navoiyliklarga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Xamid Aktamov yaxshi mutaxassis, o‘ylamanki jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladi.
Bugungi g‘alabadan qizil kartochka ham muhim ahamiyat kasb etdi. Teng kuchli jamoalar o‘rtasidagi bahsda bir kishi kam bo‘lib qolish mag‘lubiyat bilan tengdir.

Javohir Sidiqov: - Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Muxlislar shiddatli bahsning guvohiga aylanishdi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushgandi. Boisi, bu jamoalar oldingi turda mag‘lubiyatga uchrashgandi. Bizda g‘alaba bo‘lgan ishtiyoq kuchli edi. Jamoamiz hujumkor o‘yin namoyish etmoqda. Bugun ham ikkita hujumchi bilan maydonga tushdik va maksimal darajada to‘p surishga harakat qildik. Lekin bu hali hammasi emas. Yaxshi o‘yinlarimiz hali oldinda deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Qo‘qon-1912” 10 kishi qolgan “Qizilqum”dan ustun keldi