22:12 / 09.03.2018
3 909

Superliga 2-tur. “Lokomotiv” ochko yo‘qotdi

Superliga 2-tur. “Lokomotiv” ochko yo‘qotdi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.

“Lokomotiv” stadionida kechgan qarama-qarshilikda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastavval, 8-daqiqada Diyorjon Turopov o‘zining aniq zarbasi bilan gol kiritib, hisobni ochgan edi.

Biroq 75-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Pavel Purishkin bosh bilan zarba yo‘llab, Mamur Ikromov darvozasini ishg‘ol etishga erishdi va muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, amaldagi chempion – “Lokomotiv” o‘z maydonida ochko yo‘qotdi.

O‘zbekiston Superligasi. 2-tur
“Lokomotiv” (Toshkent) - “Metallurg” (Bekobod) 1:1
Gollar:
Diyorjon Turopov (8) - Pavel Purishkin (75)

“Lokomotiv”: 12. Mamur Ikromov, 4. Bobur Yo‘ldoshev, 8. Sherzodbek Karimov, 14. Aziz Amonov, 17. Salim Mustafoyev, 18. Furqat Bekmuratov, 19. Husniddin G‘ofurov, 33. Oleg Zoteyev, 77. Diyorjon Turopov, 88. Igor Yelich, 99. Cho Suk Jaye.

Zahira: 1. Ignatiy Nesterov, 7. Sadriddin Abdullayev, 9. Ikrom Aliboyev, 10. Marat Bikmayev, 15. Sardor Mirzayev, 20. Islom To‘xtaxujayev, 22. Sanjar Shoahmedov, 23. Idris Bikmaykin, 28. Shuhrat Muhammadiyev.

“Metallurg”: 1. Zafar Safayev, 5. Abbos Otaxonov, 7. Suxrob Nurulloyev, 8. Shahzod Shaymanov, 15. Zohid Abdullayev, 16. Jasur Hasanov, 37. Sherzob Fayziyev, 55. Akbarjon Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev, 88. Abror Husinov, 90. Zafar To‘rayev.

Zahira: 31. Nikita Ribkin, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10. Islombek Isoqjonov, 17. Javohir Soxibov, 20. Dilyorbek Irmatov, 80. Saidjamol Davlatjonov, 91. Pavel Smolyachenko, 97. Jamshid Yusupov, 99. Pavel Purishkin.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 2-tur. “Lokomotiv” ochko yo‘qotdi