20:35 / 10.03.2018
3 844

Poytaxt derbisida “Bunyodkor” “Paxtakor”dan ustun keldi (video)

Пойтахт дербисида "Бунёдкор" "Пахтакор"дан устун келди (видео)
Hozirgina “Bunyodkor” stadionida Toshkent derbisi nomini olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi chempionatning 2-tur doirasidagi so‘nggi uchrashuvi yakuniga yetdi.

O‘yin boshidan qiziqarli bahslarga, shiddatli hujumlarga boy bo‘ldi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda omad maydon egalariga kulib boqdi.

Olimpiya terma jamoamizning yetakchilaridan biri Rustam Ashurmatov 78-daqiqada raqib darvozasini nishonga oldi va jamoadoshlarini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.

“Bunyodkor” – “Paxtakor” - 1:0 (0:0).
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 20186 tomoshabin.


Gol: R.Ashurmatov (79).
Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), S.Shoyusupov (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), I.Xudaydatov (Toshkent).

“Bunyodkor”: Murod Zuhurov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Rustam Ashurmatov, Anvar G‘ofurov, Akrom Komilov, Javlon Ibrohimov, Mirjamol Qosimov (Sardor Sobirxo‘jayev, 60), Xurshid G‘iyosov (Islom Qobilov, 85), Murodjon Toshmatov, Shahzodbek Nurmatov, Sanjar Qodirqulov (Davron Umirov, 46).
“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Marko Simich, Farruh Sayfiyev, Dilshod Rahmatullayev (Azimjon Ahmedov, 82), Rostin Griffits, Tiago Bezerra, Bahrom Abdurahimov (Jasur Yaxshiboyev, 69), Jaloliddin Masharipov, Ismoil Gonsalvesh (Jasur Hakimov, 78).

Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov (90+3).
Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Hakimov (90+3).


Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Poytaxt derbisida “Bunyodkor” “Paxtakor”dan ustun keldi (video)