20:44 / 10.03.2018
4 910

Shota Arveladze: Bugun “Paxtakor” “Bunyodkor”dan kuchli o‘ynadi

Шота Арвеладзе: Бугун "Пахтакор" "Бунёдкор"дан кучли ўйнади
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “sherlar” bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirok etdi.

Shota Arveladze: - Biz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. KO‘plab vaziyatlar yaratdik. Ammo futbolda har doim yaxshi o‘ynagan jamoa g‘alaba qozonmaydi. “Paxtakor” “Bunyodkor”dan kuchli o‘ynadi. O‘yin jihatidan futbolchilarga e’tiroz yo‘q. Lekin natija biz uchun kutilmagan bo‘ldi. Tablodagi hisobdan tashqari biz bugun raqibdan ko‘ra ustun bo‘ldik.

Biz vaziyatlarni golga aylantirish uchun mashg‘ulotlarda ishlayapmiz. Bu hali mavsum starti. Afsuski meni qo‘limda futbolchilarni maydonda boshqaradigan djoystik yo‘q. Men futbolchilarga ko‘rsatma beraman, ammo o‘zim buni maydonda bajara olmayman. Penalti bo‘lgan vaziyatda Hakimov uni tepishni istadi. Bezerra ham nuqtaga yaqinlashmoqchi bo‘lgandi, biroq Hakimov o‘ziga ko‘proq ishongandi. Futboldagi eng qiyin yumush - gol urish.


Jaloliddin Masharipov: “Yaxshi o‘ynadik. Bugun mag‘lubiyatga noloyiq edik. O‘Yin bo‘yicha biz yaxshi harakat qildik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bizga qimmatga tushdi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: Bugun “Paxtakor” “Bunyodkor”dan kuchli o‘ynadi