20:04 / 11.03.2018
3 663

Andrey Miklyayev: "Rahbariyat tomonidan bizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan"

Андрей Микляев: "Раҳбарият томонидан бизга гуруҳдан чиқиш вазифаси қўйилган"
Xabaringiz bor kelayotgan hafta avvalida Osiyo qit’asida yashil maydonlarida Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” bu safar o‘z uyida Qatarning “Al Duhail” jamoasidan revansh olishga urinib ko‘radi. Bugun esa mazkur uchrashuv oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bellashuv oldidan "Lokomoti" klubi bosh murabbiyi Andrey Miklyayev o‘z fikrini bildirib o‘tdi: - Shuni ta’kidlash lozimki, ertaga qiziqarli va qiyin o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Biz raqibni Qatar chempioni bo‘lgani bilan tabriklaymiz. Ushbu jamoa texnikaga asoslangan o‘yin namoish etadi. Ertangi bellashuvda guruhdagi vaziyatni anglashga harakat qilamiz. Raqibimiz kuchli ekanligini inobatga olib, tarkibda rotatsiya qilishimiz mumkin. Rahbariyat tomonidan bizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan. Undan so‘ng olg‘a intilaveramiz.

"Al-Duhaylga" qarshi birinchi uchrashuvning ikkinchi taymida futbolchilarimiz vaziyatni anglashdi. Ammo jamoamizga ozgina omad yetishmadi. Ertaga g‘alaba qozonish uchun nima qilish kerak degan savolga, shunday javob qaytarardim: faqat futbol o‘ynash kerak! Gollar urish ham lozim. "Al-Duhayl" safida yaxshi yetakchilar bor, shu qatori jamoa sardori ham ajoyib ta’surot koldirdi. Raqibimiz nafaqat guruh favoriti, shu qatori OChLda sovrinli o‘rinlar uchun ham kurasha oladigan jamoadir
, - dedi Miklyayev o‘yin oldi matbuot anjumanida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Miklyayev: "Rahbariyat tomonidan bizga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan"