21:38 / 11.03.2018
4 059

Maksim Shatskix: "Yaponiya futbolchilari robotga o‘xshaydi, Saudiya esa uy jamoasi"

Максим Шацких: "Япония футболчилари роботга ўхшайди, Саудия эса уй жамоаси"
Mart oyida Ukraina terma jamoasi Osiyo grandlari bo‘lmish Yaponiya va Saudiya Arabistoni bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Shu sabab, ukrainalik jurnalistlar bir vaqtlar ushbu terma jamoalarga qarshi O‘zbekiston terma jamoasida to‘p surgan va hozirda Kiyevning “Dinamo”sida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlayotgan Maksim Shatskixning fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

— Maksim, sizning nazaringizda Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalarining saviyasi qanday darajada?
— Ular tartibli jamoalar. Bundan tashqari, ushbu jamoalar yildan-yilga kuchayib bormoqda. So‘nggi 10-15 yil ichida ular jahon chempionati yo‘llanmasi uchun asosiy favoritlardan biri bo‘lib kelmoqdalar. Hozirda katta pullarning sarflanishi va kuchli legionerlar jalb qilinishi evaziga milliy chempionatlari ham raqobatbardosh bo‘lib qoldi.

— Osiyoda faqat ushbu ikki terma jamoa yetakchimi?
— Yana Janubiy Koreya, Eron va Avstraliya ham bor.

— Futbolchilik faoliyatingizda ushbu terma jamoalarga qarshi to‘p surgansiz. Ular nimalar bilan yodda qolgan?
— Arablar uy jamoasi, mehmonda ular u darajada qo‘rqinchli emaslar. Yaponlarga esa qayerda o‘ynashning farqi yo‘q. Ular xuddi robotga o‘xshaydilar: yuqori darajadagi intizom va murabbiy ko‘rsatmalarini ilk daqiqadan oxirigacha bajarish. Yaponlar arablarga qaraganda aqlliroq o‘yin ko‘rsatadilar.

— Ularning kuchli tomonlari nimada?
— Qaytaraman, arablarda bu – uy stadioni. Yaponlarda esa Yevropa maydonlari va ayniqsa Bundesligada to‘p suruvchi legionerlar. Yaponiyada milliy chempionat kuchli. Masalan OChLning har bir mavsumida ularning klublari chorak final va yarim final o‘yinlariga qadar yetib boradilar. U yerda esa ishonavering, jamoa saviyasi yuqori.

— O‘zbekiston terma jamoasi safida eng yodda qolarli o‘yiningiz 2008 yildagi Yaponiyaga qarshi bahsmi?

— O‘sha o‘yinni eslayman. JCh-2010 yo‘llamasi uchun kurashni davom ettirish uchun ularni yutishimiz kerak edi. Men birinchi bo‘lim o‘rtalarida darvozabon ustidan to‘pni oshirib gol urdim, biroq raqib birinchi bo‘limning o‘zida javob to‘plarini kiritishga erishdi. Afsuski, o‘yin shunday yakun topdi.

— Bu gol sizni O‘zbekiston terma jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylantirgandi. Siz o‘shanda Mirjalol Qosimovni ortda qoldirgan edingiz.
— Men o‘shanda buni bilmagandim, chunki bunday statistikalarni kuzatib bormayman.

— Bu terma jamoalar himoyachilari sizga ko‘p muammo tug‘dirishganmi?
— Unday demagan bo‘lardim. Ular inglizlarchalik emas. Ha, ular keskin o‘yin ko‘rsatishadi, biroq beshafqat emaslar.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Yaponiya futbolchilari robotga o‘xshaydi, Saudiya esa uy jamoasi"