22:43 / 11.03.2018
3 431

Venger "Arsenal" bilan 700-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Венгер "Арсенал" билан 700-ғалабасини қўлга киритди
«Arsenal» Angliya Premer-ligasining 30-turida «Uotford»ni qabul qildi. Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Arsenal» o‘yinning 8-daqiqasidayoq hisobda oldinga chiqib oldi. Shkodran Mustafi to‘p uchun kurashda ustun kelib, boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda londonliklar klubi yana ikki gol urishdi. Avvaliga «Uotford» darvozabonini Per-Emerik Obameyyang ranjitdi, 3 daqiqa o‘tib, Troy Dini penaltidan unumli foydalana olmadi, ko‘p o‘tmay Genrix Mxitaryan Obameyangning pasini golga aylantirdi.

30-turdan keyin «Arsenal» ochkolari sonini 48 taga yetkazgan va APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda joylashgan. «Uotford» 36 ochkosi bilan 10-o‘rinda.

Ushbu g‘alaba fransiyalik murabbiy uchun "Arsenal" bilan birga qo‘lga kiritgan 700-g‘alaba bo‘ldi.
Venger 1996 yildan beri "Arsenal"ni boshqarib keladi. U "kanonirlar" ustozi sifatida 1222 ta o‘yin o‘tkazgan.

Angliya chempionati
30-tur
Arsenal – Uotford 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 8 Mustafi, 2:0 – 59 Obameyang, 3:0 – 77 Mxitaryan.
Arsenal – Chex, Holding, Mustafi (Chembers, 73), Kolashinats, Meytlend-Naylz, El-Nenni, Chaka, O‘zil, Mxitaryan (Uilsher, 78), Ivobi (Uelbek, 66), Obameyang.
Uotford – Karnezis, Mariappa, Predl, Xolebas, Femeniya (Xyuz, 62), Pereyra (Okaka Chuka, 67), Kapu, Risharlison, Dukure, Yanmat (Britos, 80), Dini.
Ogohlantirishlar: Mustafi (55), Xolebas (66), Chaka (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Venger "Arsenal" bilan 700-g‘alabasini qo‘lga kiritdi