18:55 / 16.03.2018
5 103

Shohjahon Ergashev jahon reytingida yana yuqoriga ko‘tarildi

Shohjahon Ergashev jahon reytingida yana yuqoriga ko‘tarildi
Avval xabar berganimizdek, 12-yanvar kuni Nyu-York shahrida yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) o‘zining co‘nggi jangini amerikalik Soni Fredriksonga (19-1-0, KO12) qarshi o‘tkazib, raqibini nokautga uchratgan va Jahon boks uyushmasi (WBA)ning yengil vazn toifasidagi reytingida yuqorilab, 12 o‘ringa chiqib olgan edi.

WBA bugun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra tajribali bokschimiz bir pog‘ona yuqorilab dunyoning 11 raqamli bokschisiga aylandi.

“Reytingda yana bir bor yuqorilaganimdan xursandman. Men chempionlik uchun yana bir qadam tashladim. Maqsadim bu reytingning birinchi pog‘onasida turish. Bunga erishish osonlik bilan bo‘lmaydi. Lekin men o‘z ustimda tinimsiz ishlayman va dunyoning birinchi raqamli bokschisiga aylanishim uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”, – deydi Shohjahon Sports.uz internet portaliga bergan xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazishadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev jahon reytingida yana yuqoriga ko‘tarildi