14:58 / 17.03.2018
4 812

Bugun yengilmas bokschilarimiz ringga ko‘tariladi

Bugun yengilmas bokschilarimiz ringga ko‘tariladi
Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Qudratillo Abduqahharov bugun Malayziyaning Subang-Jaya shahrida navbatdagi jangini o‘tkazadi. 12 raund etib belgilangan mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga vengriyalik Latslo Toz raqiblik qiladi va “World Boxing Council Silver” chempionlik kamarini himoya qiladi.

Latslo Toz professional ringda jami 29 ta jang o‘tkazib, shulardan 25 tasini g‘alaba (17 nokaut) qozongan va 1 marta durang qayd etgan.
Qudratillo Abduqahharov esa shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini (9 nokaut) g‘alaba bilan yakunlagan.

– Jangga tayyorgarlik zo‘r o‘tdi. Kayfiyatlar ham yaxshi. Jang uchun belgilangan vaznni to‘g‘riladik. Raqibni ham o‘rganib chiqdik va unga qarshi jang usuli bor. Barchasi yaxshi o‘tib, muxlislarni xursand qilamiz. Ertangi jangda faqat va faqat g‘alaba uchun ringga chiqamiz, – deydi Qudratillo Abduqahharov Sports.uz internet portaliga.

Shuningdek, ushbu boks kechasida yana bir yengilmas bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov professional faoliyatidagi 10-jangni afrikalik bokschi Alfonso Tissenga qarshi o‘tkazadi. Bu bokschi shu vaqtga qadar 13 ta jangdan 10 tasini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, yana 1 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.

Azizbek hisobida esa 9 ta jang bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub qilgan. Shulardan 4 tasi nokautdir.

Mazkur janglar SPORT TV orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun yengilmas bokschilarimiz ringga ko‘tariladi