12:11 / 18.03.2018
4 502

Superliga. Bugun futbol: «Paxtakor» - AGMK va «Qizilqum» - «Nasaf»

Superliga. Bugun futbol: «Paxtakor» - AGMK va «Qizilqum» - «Nasaf»
Kecha Superliganing 3-turi doirasida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Ularning birinchisida Farg‘onada «Neftchi»ga qarshi o‘yinda «Bunyodkor» g‘alaba qozongandi.

Kunning ikkinchi o‘yini Namanganda kechib «Navbahor» o‘z maydonida amaldagi chempion «Lokomotiv»ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Bugun, 18 mart kuni Superliga bahslari doirasida 3-tur o‘yinlariga yakun yasaladi. 3-turning so‘nggi kuniga qo‘yilgan ikki o‘yinda «Paxtakor» — AGMK va «Qizilqum» — «Nasaf» juftliklari bahs olib boradi.

Ikkala o‘yin ham Sport-TV tomonidan jonli translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Superligasi 3-tur bellashuvlari
18 mart, yakshanba

«Paxtakor» — AGMK 18:00
«Qizilqum» — «Nasaf» 20:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Bugun futbol: «Paxtakor» - AGMK va «Qizilqum» - «Nasaf»