11:05 / 19.03.2018
4 556

O‘zbekiston MTJning Senegal va Marokashga yo‘l oladigan tarkibi

O‘zbekiston MTJning Senegal va Marokashga yo‘l oladigan tarkibi
Xabaringiz bor, shu yilning 23 va 27 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar kengashi mazkur o‘rtoqlik o‘yinlariga quyidagi futbolchilarni jalb qildi:

Darvazabonlar:
Ignatiy Nesterov (Lokomotiv)
Botirali Ergashev (Navbahor)
Eldorbek Suyunov (Paxtakor)

Himoyachilar:
Rustamjon Ashurmatov (Bunyodkor)
Sherzod A’zamov (Paxtakor)
Anzur Ismoilov (Chan Chun Yatay, Xitoy)
Islom To‘xtaxo‘jayev (Lokomotiv)
Akrom Komilov (Bunyodkor)
Shuhrat Muhammadiyev (Lokomotiv)
Akmal Shorahmedov (Paxtakor)

Yarim himoyachilar:
Odil Ahmedov (Shanxay SIPG, Xitoy)
Ikrom Aliboyev (Lokomotiv)
Jaloliddin Masharipov (Paxtakor)
Sardor Mirzayev (Lokomotiv)
Fozil Musayev (Jubilo Ivata, Yaponiya)
Sardor Rashidov (Lokomotiv)
Odiljon Hamrobekov (Nasaf)
Otabek Shukurov (Sharja, BAA)
Jasur Yaxshiboyev (Paxtakor)
Javohir Siddiqov (Qo‘qon-1912)

Hujumchilar:
Timurxo‘ja Abduxoliqov (Al-Sayliya, Qatar)
Marat Bikmayev (Lokomotiv)
Eldor Shomurodov (Rostov, Rossiya)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugundan yig‘inlarga kirishdi. Futbolchilar poytaxtimizdagi «Miran» mehmonxonasida joylashib, «Paxtakor» stadionida mashg‘ulot olib boradi.

Ertaga tongda soat 09:15da milliy terma jamoa a’zolari Istambulga uchishadi. U yerda bir kun mashg‘ulot olib borib, keyin Marokashga yo‘l olishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJning Senegal va Marokashga yo‘l oladigan tarkibi