00:35 / 20.03.2018
3 905

O‘zbekiston MTJ “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston MTJ “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi
Xabaringiz bor, shu yilning 23 va 27 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi. Avvalroq xabar qilinganidek, milliy terma jamoani safardagi o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylar kengashi boshqarib boradi. Mirjalol Qosimov, Ro‘ziqul Berdiyev, Shota Arveladze kabi mutaxassislar terma jamoani shakllantirish, tarkibga futbolchilarni jalb qilish va mashg‘ulotlar olib borishda o‘z maslahatlarini berib o‘tishdi.

Ammo Shota Arveladze va Ro‘ziqul Berdiyev milliy terma jamoa bilan Marokashga borishmaydi. Arveladze FIFA kunlaridan foydalanib oilaviy masala bo‘yicha Gruziyaga yo‘l oladigan bo‘ldi. Ro‘ziqul Berdiyev esa “Nasaf” klubi bilan OChLning navbatdagi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekistonda qoladigan bo‘ldi.

Avvalroq murabbiylar kengashi Senegal va Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga jalb qilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingandi.

Ertaga 20 mart kuni tongda soat 09:15da milliy terma jamoa a’zolari Istambulga uchishadi. U yerda bir kun mashg‘ulot olib borib, keyin Marokashga yo‘l olishadi.


Manba: www.the-uff.com

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazdi