12:20 / 21.03.2018
4 110

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Istanbulga yetib borishdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Istanbulga yetib borishdi
Xabaringiz bor, 23 va 27 mart kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash milliy terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Har ikkala uchrashuv Marokashning Kasablanka shahrida bo‘lib o‘tadi.

Marokashga O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Toshkent-Istanbul va Istanbul – Kasablanka yo‘nalishi orqali yetib borishlari rejalashtirilgan.

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari erta tongda safarga yo‘l olishgandi.

Kunning ikkinchi yarmida milliy terma jamoamiz a’zolari Istanbul shahriga yetib borishdi. U yerda bir kun mashg‘ulot olib borib, keyin Marokashning Kasablanka shahriga yo‘l olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Senegalga qarshi o‘yin 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da, Marokashga qarshi uchrashuv esa 27 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00da bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Istanbulga yetib borishdi