Kataloniya klubi “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann transferini jahon chempionati startiga qadar hal qilmoqchi, deb xabar bermoqda “Xabar.uz”.
“Barselona” maosh bo‘yicha belgilangan byudjet chegarasidan chiqmoqchi emas. Grizmann oyligining pasaytirilishiga rozi, ammo unga natijalariga qarab qo‘shimcha bonuslar belgilanadi.
Kataloniyaliklar ushbu kelishuvda “Atletiko” bilan munosabatlarni buzish niyatidamas, shu sabab hujumchi uchun uning shartnomasida belgilangan 100 million yevrodan oshiqroq to‘lashga tayyor.
Klubdagilar bu summa “Atletiko”ni qanoatlantirishidan umid qilishmoqda. Shunda kataloniyaliklarning futbolchi transferini shartnomada ko‘rsatilgan summani to‘lab, o‘z safiga qo‘shib olish uchun Ispaniya professional futbol ligasi (LFP)ga murojaat qilishiga hojat qolmaydi.
“Barselona” Grizmann xaridini tezroq rasmiylashtirmoqchi, lekin hujjatlar kelgusi moliyaviy yilga imzolanishi uchun transferni 1 iyulgacha e’lon qilmoqchi emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi
Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi