16:25 / 27.03.2018
3 852

O‘zbekiston Kubogiga ham qur’a tashlandi

O‘zbekiston Kubogiga ham qur’a tashlandi
Xabar berganimizdek, O‘FA majlislar zalida Pro-liga va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Pro-liga o‘yinlari qur’asidan so‘ng Superliga va Pro-liga vakillari O‘zbekiston Kubogi o‘yinlaridagi raqiblarini ham bilib olishdi. Yangi tahrirdagi musobaqa qonun-qodasiga ko‘ra, endi avvalgidek 1/16 va 1/8 finallarda o‘yinlar dastlabki va javob uchrashuvlari tariqasida yohud Pro-liga maydonida o‘tishi kabidek bo‘lmaydi. Musobaqaning dastlabki saralash o‘yinlariga 2 aprelda start beriladi. Guruh bahslari esa 15 apreldan boshlanadi.

O‘zbekiston Kubogi-2018

1/32 final. 2 aprel

“Nurafshon” (Toshkent viloyati) - “Iftixor” (Yoshlar ittifoqi jamoasi)
“Sherdor” (Samarqand) - “Labsa” (Buxoro)

1/16 final. 15-16 aprel
"Mash’al" - "Istiqlol"
"Lokomotiv-BFK" - "Surxon"
"Orol" - "G‘ijduvon"
"Xotira-79" - "Dinamo"
"Iftixor" va "Nurafshon" g‘olibi - "Yozyovon"
"Sho‘rtan" - "Neftchi"
"So‘g‘diyona" - "Metallurg"
"Zomin" - "Qo‘qon-1912"
"Andijon" - "Navbahor"
"Qizilqum" - "Buxoro"
"Labsa" va "Sherdor" g‘olibi - "Xorazm"
AGMK - "Norin"

1/16 final o‘yinlaridan so‘ng 1/8 finalga qur’a tashlanadi. Unda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari ham qo‘shiladi.

1/8 final o‘yinlari 29-30 may, ¼ final o‘yinlari 12-13 iyul sanalariga belgilangan. Yarim final uchrashuvlarining dastlabkisi 22-23 iyul, javob o‘yinlari esa 8-9 avgustga rejalashtirilgan.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogiga ham qur’a tashlandi