21:34 / 27.03.2018
3 715

UYEFA 2018/19 mavsumdan yevrokuboklarda keskin o‘zgarishlar joriy qildi

UYEFA 2018/19 mavsumdan yevrokuboklarda keskin o‘zgarishlar joriy qildi
UYeFA kelgusi mavsumdan kuchga kiruvchi Yevropa chempilonlar ligasi va Yevropa ligasi reglamentidagi o‘zgarishlarni tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Manbaga ko‘ra, bu o‘zgarishlar Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va UYeFA Superkubogi musobaqalarida qo‘llaniladi.

Birinchi eng asosiy o‘zgarish sifatida 2018/19 mavsumdan boshlab pley-off o‘yinlarining qo‘shimcha vaqtida to‘rtinchi o‘zgartirish amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Qolgan o‘zgarishlar quyidagicha:

Istisno tariqasida Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va UYeFA Superkubogi uchun bahs qaydnomasiga 23 nafar futbolchini kiritish mumkin bo‘ladi. Avval bu tarkib 18 o‘yinchi bilan cheklanar edi. Shunday qilib, zaxira o‘rindig‘ida oldingidek 7 emas, 12 nafar zaxira futbolchisi o‘tira oladi.

Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi guruh bosqichidan so‘ng, klub hech qanday qo‘shimcha cheklovlarsiz 3 nafar yangi futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin bo‘ladi. Bunda guruh bosqichida boshqa jamoada o‘ynagan futbolchiga, pley-offda boshqa jamoa safida to‘p surish uchun ham imkoniyat beriladi.

2018/19 mavsumdan boshlab Yevropa ligasida (ilgari UYeFA Kubogi deb atalgan) ketma-ket 3 marta, yoki umumiy hisobda 5 marta g‘olib chiqqan jamoa futbolkasining qo‘l qismiga maxsus belgi bilan chiqishi mumkin bo‘ladi. Bunday logotip bilan kelgusi mavsumdayoq o‘ynashi mumkin bo‘lgan yagoan jamoa «Sevilya» sanaladi.

Shuningdek, Yevropa chempionlar ligasi uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari ham boshqatdan tasdiqlandi. Unga ko‘ra, YeChL saralash pley-off uchrashuvlari, guruh bosqichi, 1/8, 1/4, 1/2 final va final uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan 00:00 (qishki vaqtda 01:00da) o‘tkaziladi.

Shuningdek, guruh bosqichidagi ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYEFA 2018/19 mavsumdan yevrokuboklarda keskin o‘zgarishlar joriy qildi